Broker hamkorlari uchun to‘lovlarni ishonchli qiladigan narsa nima?
Ishonchli hamkor to‘lovlari bitta narsaga borib taqaladi: nimani kutishni aniq bilish. Komissiya bo‘yicha aniq qoidalar, oldindan rejalashtiriladigan to‘lov jadvali va yashirin shartlarning yo‘qligi — farqni aynan shular belgilaydi. Hamkorlar savdo hajmi bo‘yicha chegaralar, eng kam faol mijoz talablari yoki tezkor savdo umuman hisobga olinadimi-yo‘qmi, deb bosh qotirib o‘tirishi kerak emas.
Broker hamkor to‘lovlarining ishonchliligini qanday tekshirish mumkin?
Faqat e’lon qilingan komissiya stavkasiga qarab qolmang — mayda yozuvlarni ham o‘qing. Ko‘plab brokerlar faol mijoz jalb qilish yoki savdo qilish uslubi bo‘yicha qat’iy talablarni yashirib qo‘yadi, bu talablar esa daromadingizni tezda kamaytirib yuborishi mumkin.
To‘lov sharti | Ishonchsiz hamkor to‘lovlari | Ishonchli hamkor to‘lovlari |
Qisqa muddatli savdolar | 3–5 daqiqadan kam davom etgan savdolar uchun to‘lovlar bekor qilinadi yoki komissiya kamaytiriladi. | Savdo davomiyligidan qat’i nazar, har bir order bo‘yicha to‘liq komissiya to‘lanadi. |
Yangi mijoz kvotalari | Har 30–90 kunda 3–8 ta yangi faol mijoz bo‘lmasa, hisoblar yopiladi yoki to‘lovlar muzlatib qo‘yiladi. | Faol mijozlar bo‘yicha minimal kvotalar yo‘q. Siz mavjud faol mijozlar bazangizdan daromad olasiz. |
Yechib olish chegaralari | Muayyan miqdordagi malakali treyderlar soniga yoki balansga yetmaguningizcha, to‘lovlar bloklanadi. | Komissiya hamkor hisobingizga darhol o‘tkaziladi va uni yechib olish uchun hech qanday minimal chegara belgilanmaydi. |
Mijozlarni ushlab qolish bo‘yicha cheklovlar | Mijoz ma’lum muddat ro‘yxatdan o‘tganidan keyin komissiya to‘lash to‘xtatiladi. | Faol mijozlar uchun cheklanmagan muddat davomida to‘lovlar. |
Hamkor daromadi barqaror bo‘lishi uchun nega aynan shu to‘rtta shart muhim
Yaxshi hamkor dasturi biznesingiz o‘sishi uchun mustahkam poydevor yaratib berishi kerak. Mana shu to‘rtta shartning har biri daromad olish salohiyatingizga qanday ta’sir qilishini va Exness hamkorlari to‘lovlarga qanday yondashishini ko‘rib chiqamiz.
Qisqa muddatli savdo siyosatlari
Ba’zi brokerlar skalping yoki yuqori chastotali savdo qilish uchun beriladigan mukofotlarni cheklaydi. Agar dasturingiz uch daqiqadan kam vaqtda yopilgan savdolar uchun komissiyani bekor qilsa, siz buni sezmasdan turib, potensial daromadingizning yarmidan ham ko‘prog‘ini yo‘qotayotgan bo‘lishingiz mumkin. Biz bu to‘siqni butunlay olib tashlaymiz. Aslida, Exness hamkor mukofotlarining 56%-i order ochilgandan so‘ng uch daqiqa ichida yopilgan orderlardan kelib tushadi.1
Faol mijozlarni jalb qilish bo‘yicha kvotalar
Agar broker sizdan har oy ma’lum miqdorda yangi mijoz olib kelishni talab qilsa, siz doimiy mijoz jalb qilish aylanasi ichida qolib ketasiz — kvotani bajarmasangiz, komissiyalaringiz muzlatib qo‘yiladi. Bizningcha, siz allaqachon mavjud mijozlaringizdan barqaror daromad olishingiz kerak. Amalda, o‘sha oyda birorta ham yangi ilk bor savdo qiluvchi treyderni jalb qilmagan hamkorlar ham hamkor mukofotlarimizning 27%-ini olgan.2
Yechib olishni qayta ishlash tezligi
Pul oqimini oldindan bilish faqat tranzaksiya qanchalik tez bajarilishiga bog‘liq emas — gap hamkor bilan uning puli orasida biror to‘siq bor-yo‘qligida. Ba’zi brokerlar minimal balansga yetmaguningizcha yoki bir nechta boshqa shartlarni bajarmaguningizcha to‘lovlarni ushlab turadi. Exness’da hamkor o‘z mablag‘ini istalgan vaqtda — tezda — yechib olishi mumkin. Shuning uchun hamkorlarning yechib olish so‘rovlarining 99%-i avtomatik tarzda qayta ishlanadi,3 median qayta ishlash vaqti esa 2,2 daqiqani tashkil etadi.4
Jalb qilingan mijozlardan cheklovlarsiz daromad oling
Ba’zi brokerlar mijoz bir-ikki yildan beri ular bilan bo‘lsa, sizga to‘lashni to‘xtatadi — natijada uzoq muddatli daromadingiz cheklanadi. Biz esa dasturimizni mijozning uzoq muddat biz bilan qolishiga tayanib qurdik. Biz bilan bir yil yoki undan ko‘proq vaqt savdo qilayotgan mijozlar hamkor mukofotlarimizning 76%-dan ortig‘ini ta’minladi.5 Shu kabi sun’iy vaqt cheklovlarini olib tashlash hamkorlarimiz soha mezonlariga nisbatan ikki baravargacha ko‘proq daromad olishining asosiy sabablaridan biridir.6
Exness hamkor to‘lovlariga qanday yondashadi
Ko‘rsatkich | Statistika |
Qisqa savdolar uchun ham mukofot to‘lanadi | 56%1 |
O‘sha oyda yangi ilk bor savdo qiladigan treyderlarni (FTT) jalb qilmagan hamkorlar uchun to‘langan mukofotlar | 27%2 |
Hamkorlarning yechib olishlari avtomatik qayta ishlanadi | 99%3 |
Bir yil yoki undan ko‘proq vaqt faol bo‘lgan mijozlardan keladigan mukofotlar | 76%5 |
Boshqa brokerlardagiga qaraganda 2 baravar ko‘proq komissiya ishlab oling7
Ro‘yxatdan o‘tishKo‘p so‘raladigan savollar
Hamkorlik dasturlarida eng ko‘p uchraydigan yashirin shartlar qaysilar?
Eng ko‘p uchraydigan yashirin shartlar — minimal faol mijoz kvotalari, qisqa muddatli savdolar bo‘yicha cheklovlar va daromadlilik bo‘sag‘alari. Ko‘plab brokerlar mijozning savdosi uch daqiqadan kam vaqt ochiq tursa yoki siz 30–90 kunlik muddat ichida yangi mijozlarni jalb qila olmasangiz, sizning to‘lovlaringizni bekor qilishi mumkin.
Minimal mijoz talablari to‘lovlarni oldindan aytish imkoniga qanday ta’sir qiladi?
Har oy ma’lum miqdorda yangi jalb qilingan mijoz olib kelishni majburiy qiladigan brokerlar sizni uzluksiz mijoz jalb qilish aylanasiga majburlab qo‘yadi. Kvotani bajarmasangiz, ular komissiyalaringizni muzlatib qo‘yishi yoki hisobingizni butunlay yopishi mumkin, bu esa daromadingizni oldindan prognoz qilishni imkonsiz qiladi. Ishonchli dasturlar esa sizga mavjud mijoz bazangizning savdo hajmidan izchil daromad olish imkonini beradi.
Nega ayrim brokerlar qisqa muddatli savdolar bo‘yicha to‘lovlarni cheklaydi?
Ba’zi brokerlar bozor volatilligi fonida o‘z marjalarini himoya qilish uchun skalping yoki yuqori chastotali (uch daqiqadan kam davom etadigan) savdolar bo‘yicha to‘lovlarni cheklaydi. Biroq, narxlash infratuzilmasi kuchli bo‘lgan ishonchli broker hamkor dasturi mijozlaringiz pozitsiyalarini qanchalik tez ochib-yopishidan qat’i nazar, har bir haqiqiy savdo uchun sizga haq to‘laydi.
Ushbu maqola investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tmishdagi natijalar kelajakdagi natijalarning kafolati yoki ko‘rsatkichi emas. Ushbu maqolada keltirilgan axborot, ma’lumotlar, narxlar va bozor sharoitlari nashr etilgan sana holatiga ko‘ra aniq bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Kapitalingiz xavf ostida. Iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.
- 2026-yil 30-iyunda olingan ma’lumotlar asosida, Exness hamkor mukofotlarining 56%-dan ortig‘i order ochilgandan so‘ng uch daqiqa ichida yopilgan orderlardan shakllangan
- 2026-yil 30-iyunda olingan ma’lumotlar asosida.
- Tezkor yechib olish da’vosi hamkorlarning oxirgi 12 oy davomida avtomatik tarzda qayta ishlangan tashqi mablag‘ yechib olish ulushiga tegishlidir. Ma’lumotlar 2026-yil 30-mart kuni chiqarib olingan.
- 2.2 daqiqa — so‘rov yuborilgan paytdan boshlab oxirgi 12 oy ichida ishlov berish vaqtining (daqiqalarda) medianasini anglatadi.
- 2026-yil 30-iyun kuni chiqarib olingan ma’lumotlarga asoslangan. Hisobdan foydalanish muddati bir yil yoki undan ortiq bo‘lgan mijozlar tomonidan yaratilgan Exness hamkor mukofotlari ulushini aks ettiradi. Ko‘rsatkichlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin va kelajakdagi natijalardan dalolat bermaydi.
- Hamkor daromadining 2 baravar yuqori bo‘lishi 2025 yil 4-chorak tahliliga taalluqli bo‘lib, unda Exness va yana 3 ta brokerda IB mukofotini olish huquqi shartlari taqqoslangan. Savdo malakasi qoidalaridagi farqlar yetarli savdo hajmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Daromadlar farq qilishi mumkin.
- Shartlar va qoidalar amal qiladi. exnessaffiliates.com