Real hisobga o'tish: Birinchi Exness savdo hisobini ochish
Demo hisobdan real savdo hisobiga o'tish bu katta bosqich. Bu strategiyalaringiz, sabr va intizomingiz birga keladigan, savdo nazariya bo'lishdan to'xtab, haqiqatga aylanadigan payt.
Ko'plab treyderlar o'z safarlarini demo hisoblarda boshlaydi, bu ularga hech qanday moliyaviy risklarga uchramasdan strategiyalarni sinab ko'rish va bozor harakatlarini tadqiq qilishga imkon beradi. Biroq ma'lum bir paytda, siz keyingi qadamni qo'yishga tayyor bo'lasiz. Bu real Exness hisobiga o'tishga yetarlicha o'ziga ishongan bo'lganingizda, sizga depozit kiritish, savdo qilish va real pulni yechib olish imkonini beruvchi tasdiqlangan jonli savdo hisobiga o'tgan paytingizda sodir bo'ladi. Real Exness savdo hisobi sizga to'liq savdo tajribasini beradi, real vaqt hissiyotlari, haqiqiy bozor sharoitlari va asl mukofotlar kabi.
Exness bilan bu o'tish oddiy, xavfsiz va ilhomlantiruvchi bo'lishi uchun loyihalashtirilgan. Birinchi Exness savdo hisobingizni ochish atigi bir necha daqiqa oladi, ammo bu moslashuvchanlik, shaffoflik va nazorat uchun mo'ljallangan global savdo ekotizimini ochadi. Ro'yxatdan o'tishdan to birinchi savdogacha, jarayonning har bir qismi har ikkala boshlang'ich va tajribali treyderlar uchun optimallashtirilgan.
Ushbu maqolada sizni real Exness savdo hisobini ochish jarayonida nimalar kutishi bilan bosqichma-bosqich tanishtiramiz: ro'yxatdan o'tish va shaxsni tasdiqlashdan tortib, hisobni to'ldirish, platformani sozlash hamda birinchi jonli savdoni amalga oshirishgacha.
Demo savdodan real savdoga o'tayotgan bo'lsangiz ham yoki yangidan boshlayotgan bo'lsangiz ham, ushbu batafsil qo'llanma jarayonning har bir bosqichini qamrab oladi, jumladan, oldini olish kerak bo'lgan keng tarqalgan xatolar va savdoni ishonch bilan boshlashga yordam beradigan maslahatlar kabi.
1-qadam: Hisobingizni ro'yxatdan o'tkazish
Exnessʼda real mablag'larni savdo qilishni boshlashingizdan oldin, Exness Shaxsiy Kabinetingizda (Shk) savdo hisobini yaratishingiz kerak. Bu har ikkala kompyuter va mobil qurilmalarda tez, intuitiv va qulay.
Bu qanday ishlashi haqda:
- Dastlab Exness veb-saytiga tashrif buyuring yoki Exness Savdo ilovasini yuklab oling.
- Ro'yxatdan o'tishni bosing va yashash mamlakati, elektron pochta manzilini kiritib, xavfsiz parol o'rnating.
- AQSh fuqarosi emasligingizni tasdiqlash uchun katakchani belgilang.
- Davom etishni bosing.
- Shundan so'ng siz Shkga yo'naltirilasiz, bu yerda siz hamma narsani jumladan, hisoblar, depozitlar, yechib olishlar va yordam chiptalarini boshqarishingiz mumkin.
Hisobga kirilgandan so'ng, turli savdo hisobi turlarini tanlashingiz mumkin:
- Standart hisoblar jumladan, Standart Cent va Standart kabilar.
- Professional hisoblar jumladan, Pro, Raw Spread va Zero kabilar.
Ularning har biri turli xil darajalar va savdo afzalliklari uchun mo'ljallangan.
Maslahat: Siz Shkda bir qancha savdo hisoblari yaratishingiz mumkin. Har bir savdo hisobi hamma savdo instrumentlariga kirish imtiyoziga ega, biroq savdo hisobi orqali instrument sinflarini ajratish foydali bo'lishi mumkin. Misol uchun, bittasi foreks instrument savdosidagi CFD uchun va boshqa biri xomashyo instrumentlaridagi CFD uchun.
2-qadam: Hisobingizni tasdiqlash (KYC)
Nega tasdiqlash ahamiyatga ega
Tasdiqlash jarayoni, shuningdek Mijozni identifikatsiya qilish (KYC) sifatida ham ma'lum bo'lib, real Exness savdo hisobini ochishning asosiy qismi hisoblanadi. Bu shunchaki rasmiyatchilik emas, bu hisobingiz xavfsizligini ta'minlaydigan va xalqaro moliyaviy standartlarga muvofiqligini kafolatlaydigan tartibga soluvchi talabdir.
Exnessʼda tasdiqlash har ikkala tomon siz va kompaniyani himoya qilishga yordam beradi. Bu firibgarlikni oldini oladi, mablag'laringiz xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qiladi va hisobni ochayotgan shaxs haqiqatdan ham siz ekanligingizni tasdiqlaydi. Buni xavfsiz hududga kirishdan oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjatning raqamli versiyasini ko'rsatishga o'xshatish mumkin, bu ishonchni mustahkamlaydi va savdo tajribangizni himoya qiladi.
To'liq tasdiqlash jarayoni
1. Elektron pochtangizni tasdiqlang
- Elektron pochta manzilingizni kiriting va Menga kod yuboringni bosing.
- 6 ta raqamli kod kiruvchi xatlar jildingizga yuboriladi.
- Kodni kiriting va Davom etishni bosing.
2. Telefon raqamingizni tasdiqlang
- Telefon raqamingizni kiriting.
- Kodni qanday olishni tanlang-SMS yoki Telefon qo'ng'irog'i va undan keyin Davom etishni bosing.
- 6 ta raqamli kodni kiriting va Davom etishni bosing.
3. Shaxsiy ma'lumotlaringizni kiriting
Siz ta'minlagan ma'lumotlar tasdiqlash hujjatlaringizga aniq mos kelishiga ishonch hosil qiling:
- Familiya
- Ism
- Tug'ilgan sana
- Manzil
- Jins
bajarib bo'lgandan so'ng, Davom etishni bosing.
4. Iqtisodiy profilingizni tugallang
Bu qadam daromad manbai, sanoat va savdo tajribangizga oid bir nechta muhim savollarni o'z ichiga oladi. Aniq ma'lumotlar bilan ta'minlash to'g'ri savdo shartlari va yordam olishingizni kafolatlaydi. Tugallangandan so'ng Davom etishni bosing.
5. Shaxsingiz va manzilingizni tasdiqlang
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingiz (POI) uchun hujjat berilgan mamlakat va hujjat turini tanlang.
- Hujjatlaringizni tasdiqlash talablariga ko'ra yuklang, keyin Tasdiqlash va davom etishni bosing.
- Keyingisi, Manzilni tasdiqlovchi hujjat (POA), masalan, bank bayonnomasi yoki kommunal to'lov kabilarni 'Manzilni tasdiqlovchi hujjatni yuklash'ni bosish orqali yuklang va ''Keyingi''ni davom etish uchun bosing.
Yuborilgandan so'ng, Exness hujjatlaringizni ko'rib chiqadi. Ko'p tasdiqlashlar bir necha soat ichida tugallanadi, ammo ba'zan, kamdan-kam hollarda bu 24 soatgacha vaqt olishi mumkin.
Maslahat: Tiniq, yuqori tasvir aniqligiga ega rasmlardan foydalanish va tafsilotlaringiz (ism, tug'ilgan sana, manzil) mos kelishiga ishonch hosil qilish tasdiqlash tezligini oshirishga yordam berishi mumkin.
3-qadam: Exness hisobingizga mablag' kiritish
Hisobingiz tasdiqlanishi bilan, bu birinchi depozitni yaratishni ayni vaqti. Exness moliyalashtirilgan hisobingizga mablag'lar kiritish tez va uzluksiz bo'lib, global bozorlarga tezkor kirish imkonini beradi. Exness keng ko'lamli to'lov usullarini taqdim etadi, mahalliy bank o'tkazmalari, elektron hamyonlar va kredit/debet kartalari shular jumlasidandir. Minimal depozitlar to'lov usuli va hisob turiga qarab farqlanadi, masalan, ba'zi savdo hisoblari 10 AQSh dollari kabi kichik summa bilan ham ochilishi mumkin.
Bosqichlar to'lov usuliga qarab farq qiladi, ammo umumiy olganda, savdo hisobingizga pul kiritish jarayoni quyidagilardan iborat:
- Shkda Depozit bo'limini oching.
- Mavjud variantlar orasidan bitta to'lov usulini tanlang.
- Talab etilgan barcha maydonlarni to'ldiring, jumladan depozit miqdori va savdo hisobini tanlash, so'ng Davom etishni tanlang.
- Agar depozitingiz xulosasi to'g'ri bo'lsa, Tasdiqlashni tanlang.
- Tanlagan to'lov usulingiz uchun depozit to'liq yakunlanguncha ekranda ko'rsatilgan ko'rsatmalarga amal qiling.
Shuni yodda tutingki, har bir to'lov usuli o'zining shartlariga ega, ularning ro'yxatini Shkda topishingiz mumkin.
Tezkor yechib olishlar
Exnessʼda 98% yechib olishlar avtomatik qayta ishlanadi, shunday ekan, to'lov usuliga qarab, mablag'laringizga deyarli darhol kirishingiz mumkin. Depozitlar va yechib olishlar komissiyasiz (qo'llanishi mumkin bo'lgan uchinchi tomon to'lovlari ko'rsatiladi) va mablag'laringiz ustidan to'liq shaffoflik beriladi.
Maslahat: Platformada tranzaksiyalar qanday ishlashi bilan o'zingizni tanishtirish uchun birinchi depozitni kichik miqdor bilan boshlang.
4-qadam: Platformangizni o'rnatish
Savdo hisobingizga mablag' kiritilgandan so'ng, o'zingiz afzal ko'rgan savdo platformasiga ulanishingiz mumkin. Biz avvalgi maqolamizda savdo platformasini tanlashda siz hisobga olishingiz mumkin bo'lgan narsalarga to'xtalib o'tgan edik, biroq yana bir bor eslatib o'tish joizki, Exness har bir savdo uslubiga mos keladigan bir nechta platforma variantlarini taklif etadi, ya'ni mobil qulaylikdan tortib, kompyuterda aniqlik bilan savdo qilishgacha.
Bu yerda biz taklif qiladigan savdo platformalari va ularga qanday kirishga oid ma'lumot mavjud:
Mobil savdo
- Exness savdo ilovasi: Exness savdo ilovasini yuklab oling va Exness hisobi ma'lumotlari bilan kiring.
- MetaTrader mobil platformalari: Telefoningizda MetaTrader 4 (MT4) yoki MetaTrader 5 (MT5)ni yuklab oling va o'rnating, keyin esa savdo hisobi ma'lumotlari bilan kiring.
Kompyuter orqali savdo
- Exness Terminal: Shkga kiring, faol savdo hisobingizdan birida Savdoni bosing va Exness Terminalni tanlang.
- MetaTrader kompyuter platformalari (MT4/MT5): Kompyuter qurilmangizga yuklab oling va o'rnating va savdo hisobi ma'lumotlari bilan kiring.
- MT4 MultiTerminal: Windows ish stolingizda MT4 MultiTerminalni yuklab oling va o'rnating va savdo hisobingiz bilan kiring.
Brauzer orqali savdo qilish
- Vebga asoslangan terminal: Veb-saytimizda savdo hisobingiz ma'lumotlari bilan Vebga asoslangan terminalga kiring.
Qayd: MT5 savdo platformasida MT4 savdo hisobidan foydalana olmaysiz va yoki aksincha. Shuningdek, savdo hisobi moslashuvchanligini u yaratib bo'lingandan keyin o'zgartira olmaysiz.
Har bir platforma uzluksiz savdo uchun mo'ljallangan va Exnessning narxlash va ijro tezligiga to'liq kirish imkonini taklif etadi. Shunday ekan, yo'lda bo'lasizmi yoki ish stoli kompyuteringiz orqali savdo qilasizmi, siz har doim aloqada bo'lasiz.
Exness Trade ilovasi
Istalgan vaqtda, istalgan joyda ishonch bilan savdo qiling.
Birinchi savdo: Nimalarni kutish mumkin?
Birinchi jonli savdoni joylashtirish qiziqarli va balki biroz asabni taranglashtiradigan bo'lishi mumkin. Bu butunlay odatiy holat. Asosiysi kichik hajmda boshlash, xotirjam bo'lish va savdo rejangizga amal qilish.
Qanday qilib birinchi pozitsiyani ochish haqida:
- Savdo platformangizga kiring.
- Tanlovingizdagi instrumentni tanlang.
- Savdo hajmingiz va kredit yelkasini o'rnating.
- Risk boshqarish strategiyangizga qarab, ixtiyoriy stop loss va take profit qo'shishingiz mumkin.
- Buy yoki Sellni bosing.
Shu bilan, siz birinchi jonli savdoni amalga oshirdingiz!
Maslahat: Haddan tashqari savdo qilishdan qoching. Yangi muhitga moslashish uchun kichik hajmda boshlang. Real ijro sizning demo hisobingizdagi savdoga nisbatan qanday farq qilishini tushunishga harakat qiling.
Risk boshqaruvi bo'yicha eslatma: Eslab qoling yuqori kredit yelka faqat foydangizni emas, yo'qotishlaringizni ham oshirishi mumkin. Har doim risklarni mas'uliyat bilan hisobga oling. Yangi treyderlar uchun o'z strategiyalariga ishonch va ko'proq tajribaga ega bo'lmagunlaricha kredit yelkadan foydalanmaslik xavfsizroq bo'lishi mumkin. Siz foydalanadigan kredit yelkasi darajasi savdo hisobingiz sozlamalarida (Shaxsiy kabinetingiz orqali) o'zgartirilishi mumkin. Shaxsiy qulay zonada savdo qilish har doim yaxshi tavsiya, bu sizning tanlovingiz.
Oldini olish kerak bo‘lgan keng tarqalgan xatolar
Hatto tajribali treyderlar ham xatoga yo'l qo'yadi, biroq siz boshlash jarayonida quyidagi eng ko'p uchraydigan xatolardan qochishingiz mumkin:
- Rejani o'tkazib yuborish: Har doim strategiya asosida savdo qiling — faqat ichki sezgiga tayanmang.
- Stop lossni diqqatsiz qoldirish: Stop loss har bir savdodagi kapitalingizni himoya qiladi. Buni kirishdan oldin o'rnating, keyin emas.
- Haddan tashqari kredit yelkasi: Yuqoriroq kredit yelkasi yuqoriroq risk keltirib chiqarishi mumkin. Kichik hajmda boshlang va tajribangiz oshishi bilan kengaytiring.
- Hissiy savdo: Xotirjamlikni yo'qotmang, ayniqsa foyda va yo'qotishlardan keyin. Rejangizga amal qiling.
- Ta'limni e'tibordan chetda qoldirish: Exnessni o'rganishni davom eting yordam markazi va Exness tahlillari maqolalari boshlash uchun ajoyib joylar.
Eslab qoling: Muvaffaqiyatli savdo izchillik haqida, omad emas.
Asosiy xulosalar
- Tasdiqlash Exness real hisobingizni ochadi: Profilingiz va hujjat tasdiqlanishini ertaroq tugallang va uzluksiz depozitlar, savdo va yechib olishlardan bahramand bo'ling.
- Mablag' kiritish oson va xavfsiz: Keng ko'lamli mahalliy va xalqaro to'lov usullaridan tanlang. Ko'plab depozitlar tezkor va yechib olishlar avtomatik qayta ishlanadi, hech qanday yashirin to'lovlar yo'q.
- Platformani tanlash ahamiyatga ega: MetaTrader, Exness Terminal yoki Exness savdo ilovasidan qaysi birini tanlamang, baribir istalgan joydan bir xil tezlik, aniqlik va ishonchlilik bilan savdo qilishingiz mumkin.
- Kichik hajmda boshlang va uzoq muddatli fikrlang: Boshqarsa bo'ladigan savdo o'lchamlari bilan boshlang va izchillikka diqqat qarating. Riskni boshqarish uchun stop loss va take profit orderlaridan foydalaning.
- Kredit yelkasini oqilona belgilang: Yuqori kredit yelkasi moslashuvchanlikni taklif qiladi, ammo kapitalingizni himoya qilish maqsadida bu har doim mas'uliyat bilan ishlatilishi kerak.
- Davomiy o'rganish muhimdir: Exnessning o'quv materiallari, vebinarlari va tahliliy vositalaridan mahoratlaringizni yaxshilash va ishonchni shakllantirish uchun foydalaning.
- Ishonishingiz mumkin bo'lgan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati: 24/7 ko'p tilli qo'llab-quvvatlash xizmati yordamni har doim bitta xabar masofasida ta'minlaydi.
- Savdo yo‘lingiz soddalashtirilgan: Ro‘yxatdan o‘tishdan tortib birinchi jonli savdogacha, Exness barcha bosqichlarni tezkor, shaffof va xavfsiz qiladi, bu esa sizga eng muhim narsaga e’tibor qaratish imkonini beradi: ishonch bilan savdo qilishga.
Yakuniy fikrlar: Ishonch bilan ilk qadam qo'yish
Birinchi real Exness savdo hisobini ochish bu shunchaki tranzaksiyaning o'zidan ko'p narsa. Bu jonli treyder sifatida sayohatingizning boshlanishi. Siz mashq qildingiz, rejalashtirdingiz va hozir ko'nikmalaringizni real bozor sharoitlarida sinab ko'rishning ayni vaqti.
Exness bilan siz hech qachon yolg'iz savdo qilmaysiz. Siz ishonchli platformalar, tezkor tranzaksiyalar, yetakchi vositalar va kun-u tun qo'llab-quvvatlash xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasiz, ya'ni ishonch bilan savdo qilishingiz uchun zarur barcha imkoniyatlar shu yerda.
Keyingi qadamni qo'yishga tayyormisiz? So'ngra hisobingizga kiring, unga mablag' kiriting va bozorni aslida nazarda tutilgani kabi, ya'ni jonli sinab ko'ring.
Bu investitsiya bo‘yicha maslahat emas. O‘tgan natijalar kelajakdagi daromadlarning kafolati emas. Kapitalingiz xavf ostida, iltimos, mas’uliyat bilan savdo qiling.